Mahsulotni almashtirish va qaytarish
Umumiy shartlar
iSpace do‘koni sizga mahsulotni 10 kalendar kun ichida almashtirish yoki qaytarish kafolatini beradi, agar mahsulot ishlatilmagan bo‘lsa, uning tovar ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, qadoqlanishi, muhrlari va yorliqlari saqlangan bo‘lsa.
Qaytarish shartlari
- Sifatli mahsulotni qaytarish
- Nuqsonli mahsulotni qaytarish
- Jismoniy shaxslar uchun pulni qaytarish
Onlayn karta orqali to‘lov qilinganda
Mahsulotni qaytarish uchun xaridor istalgan iSpace do‘koniga murojaat qilishi kerak. Qaytarish shartlari bajarilganda, mablag‘ xaridorning hisob raqamiga qaytariladi.
Naqd pul orqali to‘lov qilinganda
Xaridor to‘lov amalga oshirilgan do‘konga borishi kerak. Qaytarish shartlari bajarilganda, mablag‘ do‘konda qaytariladi.
Kredit/rassrochka orqali xarid qilinganda
Xaridor iSpace do‘koniga borib, mahsulotni qaytarish tasdig‘ini olishi kerak. So‘ngra kredit yoki rassrochka rasmiylashtirilgan bank menejerlariga murojaat qilib, shartnomani bekor qilish kerak. Qaytarish amalga oshirilgach, mablag‘ xaridorning yoki bankning hisob raqamiga qaytariladi. Mablag‘ 5 bank ish kuni ichida qaytariladi.
Muhim
Sifatli mahsulotni almashtirish va qaytarish faqat jismoniy shaxslar uchun mumkin va O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Kafolat shartlari
Qaytarilmaydigan mahsulotlar ro‘yxati:
- To‘liq komplekt bo‘lmagan mahsulotlar
- Xariddan keyin noto‘g‘ri ishlatish natijasida nuqsonga ega bo‘lgan mahsulotlar
- Bir martalik qadoqlanishi buzilgan mahsulotlar
- SIM-karta qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar (mobil telefonlar, planshetlar, bolalar soatlari, Wi-Fi routerlar)
iSpace saytida oldindan buyurtma shartlari
- Saytda ko‘rsatilgan narx — bu tanishtiruv narxi bo‘lib, mahsulot O‘zbekiston Respublikasiga yetkazilganda o‘zgarishi mumkin.
- Mahsulot yetkazib berish muddati eng yaqin ombordagi mavjudligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
- Barcha tafsilotlarni buyurtma berish va oldindan buyurtma rasmiylashtirish vaqtida menejerdan olishingiz mumkin.
- O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lmagan mahsulot uchun oldindan to‘lov narxni belgilamaydi. Yakuniy narx mahsulot iSpace do‘koniga kelgan kuni belgilanadi. Oldindan buyurtma berishda xaridor mahsulotning bir qismini to‘laydi, bu esa keyingi xarid kafolati hisoblanadi. Mahsulot kelgach, qolgan summa to‘lanadi.